BEKKEREL

BEKKEREL (Becguerel) — frantsuz fiziklari: 1) Antuan Sezar (1788 -1878) — Parij Fanlar Akademiyasi a’zosi. Ilmiy ishlari fluoressentsiya, fosforessentsiya, termoelektr, elektr kapillyarlik, moddaning magnit xossalari, kristallooptika, galvanik elementlar nazariyasi va moddaning elektr o’tkazuvchanligi masalalariga oid; 2) Aleksandr Edmon (1820-91) — Antuan Sezarning o’g’li, professor, Parij Fanlar Akademiyasi prezidenti (1880). Fotogalvanik effektni kashf qilgan, fosforessentsiya, fotokimyo, fotografiya, atmosfera elektri va hokazolar bilan shug’ullangan; 3) Antuan Anri (1852 — 1908) — Aleksandr Edmonning o’g’li. Parij Fanlar Akademiyasi a’zosi (1889). Qattiq jismlar fizikasi, pezoelektr hodisalari hamda yadro fizikasi sohalarida ishlagan. Uran tuzlarining tabiiy radioaktivligini kashf qilgan (1896). Nobel mukofoti laureati (1903; P. Kyuri va M. Sklodovskaya-Kyuri bilan birgalikda); 4) Jan (1878 — 1953) — Antuan Anrining o’g’li. Parij Fanlar Akademiyasi a’zosi. Kristallar optik va magnitooptik hodisalarining o’zgarishini tekshirgan hamda fotolyuminessentsiya bilan shug’ullangan.

BEKKEREL — xalqaro birliklar tizimi sida radioaktiv izotoplar faolligi birligi. A. A. Bekkerel sharafiga qo’yilgan. BK bilan ifodalanadi. 1 Bk sekundiga 1 ta yemirilishga mos keladi.