BELOZERSKIY ANDREY NIKOLAYEVICH

BELOZERSKIY ANDREY NIKOLAYEVICH 11905. 16 (29). 8, Toshkent — 1972.31.12, Moskva] — biokimyogar, Rossiya Fanlar Akademiyasi akademik (1962); vitse-prezidenti (1971 — 72). O’rta Osiyo davlat untini tugatgan (1927). Moskva davlat universiteti, ayni vaqtda sobiq Ittifoq Fanlar Akademiyasi biokimyo instituti professor (1946 yildan). Asarlari oqsillar, asosan nuklein kislotalarga bag’ishlangan. Belozerskiy dezoksiribonuklein kislota (DNK) bilan ribonuklein kislota (RNK)ning yuksak va tuban o’simliklarda keng tarqalganini aniqlagan.