BELORUSSIYA
BELORUSSIYA (Belarus), Belorussiya Respublikasi (Respublіka Belarus) — Yevropa markazidagi davlat. Sharqiy Yevropa tekisligining g’arbida joylashgan. Maydoni 207,6 ming kilometr kvadrat. Aholisi 10,3 million kishi (1996). 6 viloyat, 118 tuman, 102 shahar, 109 shaharcha bor (1996). Poytaxti — Minsk shahri. Davlat tuzumi. Belorussiya Respublikasi — unitar demokratik ijtimoiy huquqiy davlat. 1996 yilgi referendumda qabul qilingan Konstitutsiya amal qiladi. Davlat boshlig’i — aholi tomonidan 5 yil muddatga saylanadigan prezident. Qonun chiqaruvchi vakolatli organi — millat Majlisi bo’lib, u Vakillar palatasi va Respublika Kengashidan iborat. Vakillar palatasining hamma 110 deputatini aholi saylaydi. Respublika Kengashining 64 deputatidan 56 nafari mahalliy kengashlar tomonidan saylanadi, 8 nafari prezident tomonidan tayinlanadi. Millat Majlisining vakolat muddati 4 yil. Ijroiya hokimiyatni bosh vazir boshchiligidagi xukumat — Vazirlar Kengashi amalga oshiradi. Bosh vazirni Vakillar palatasining roziligi bilan prezident tayinlaydi. Tabiati. Belorussiyaning yer yuzasi tekislik bo’lib, shimoli g’arbida botqoq bosgan pastliklar va ko’llar juda ko’p. Janubi g’arbdan shimoli Sharq tomon Belorussiya. Qirlari cho’zilgan, eng baland qismi (Minsk qirlari) dengiz sathidan 345 metr baland (Dzerjinskiy tog’i). Belorussiya qirlaridan Janubi Sharqda qator tekisliklar, shim. g’arbda morena tepaliklari chuzilgan. Belorussiyaning Janub qismini botqoqlashgan keng pasttekislik — mutlaq balandligi 100 — 150 metr bo’lgan Belorussiya Polesesi egallaydi; botqoqlik, o’tloqlar orasida balandligi 5 — 8 metrli qum tepalari ko’p. Qumlik joylar qarag’ayzor bilan qoplangan. Foydali qazilmalardan kaliyli tuz konlari bor (Starobin va Petrikov konlari), Janub va Janubi Sharqda tosh tuz, Pripyat botig’ida neft, ko’mir bor. Torf, qum, gil konlari mavjud. Iqlimi kontinental iqlim bilan dengiz nihimi o’rtasida, Atlantika havo massalari uni ancha yumshatib turadi. Yanvarning o’rtacha temperaturasi Janubi g’arbda — 4,4°, shimoli Sharqda — 8°, iyulniki shimolda 17°, Janubda 18,8°. O’rtacha yillik yog’in miqdori 550 — 700 millimetr. Yog’inning kup qismi yoz oylariga to’g’ri keladi. Botqoqliklar, daryo va ko’llar ko’pligidan yerlari zax. Vegetatsiya davri shimoli sharqda 178 kun, Janubi g’arbda 208 kun. Eng yirik daryolari Dnepr (irmoqlari Berezina, Pripyat, Soj va boshqalar), G’arbiy Dvina, Neman (irmog’i Viliya), bug’. Bu daryolarning ko’p qismida yog’och oqiziladi, eng yiriklarida kema qatnaydi. Ba’zi daryolarda GESlar qurilgan. Belorussiya ko’llarining eng yiriklari: Naroch, Osvey, Drisvyati, Chervonoe, Vigonovskoe. Tuprog’i asosan unumdorligi yuqori bo’lmagan chimli podzol va torfbotqoq tuproq, Daryo qayirlarida esa allyuvial tuproqlardir. Belorussiya aralash urmonlar mintaqasida joylashgan bo’lib, maydonining 30% dan ko’prog’i o’rmon bilan qoplangan. Igna bargli va keng bargli o’rmonlar, o’tloq va botqoq o’simliklari ko’p. Qarag’ayzorlar, qayinzorlar va qayrag’ochzorlar, dub, grab, zarang kabi keng bargli daraxtzorlar katta maydonni egallaydi. Tulki, Olmaxon, quyon, suvsar, oqsichqon ko’p; bug’u, qo’ng’ir ayiq, silovsin, Los, elik, to’ng’iz, yumronqoziq, bo’ri uchrab turadi. Daryo va ko’llarida leshch, tovonbaliq, cho’rtan, laqqa, ilonbaliqlar, ondatra bor. Suvda suzuvchi qushlar tarqalgan. Belorussiya hududida Pripyat va Berezina qo’riqxonalari, Belaya Veja pushchasi bor. Aholisi. Asosiy aholisi — beloruslar. Ruslar, polyaklar, ukrainlar, tatarlar, yahudiylar va boshqalar ham yashaydi. Aholining o’rtacha zichligi — 1 kilometr kvadratga 49,4 kishi to’g’ri keladi. 68,9% aholi shaharlarda istiqomat qiladi. Davlat tili Belorus va rus tillari. Eng yirik shaharlari: Minsk, Gomel, Vitebsk, Mogilyov, Bobruysk, Grodno, Brest. Tarixi. Belorussiya hududida o’rta paleolit davridan odam yashay boshlagan (100 — 35 ming yil muqaddam); neolit davrida (miloddan avvalgi 5-ming yillik oxiridan 3-mingyillik oxirigacha) dehqonchilik va chorvachilik bilan shug’ullanishga o’tgan. Miloddan avvalgi 3-ming yillik oxiri — 2-ming yillik boshlarida hind-Yevropa qabilalari ko’chib kelgach, ularning ta’sirida jez asriga o’tiddi. Bu yerda temir davri miloddan avvalgi 8 — 6-asrlardan milodiy 8-asrgacha davom etdi. Milodiy 1-ming yillik 2-yarmida Belorussiya hududida 3 slavyan qabilalari: krivichi, dregovichi va radimichilar uyushmasi vujudga keldi, keyinchalik ular o’rniga knyazliklar tashkil topdi. 10-asr oxiridan knyazliklar Kiyev Rusi tarkibiga kirdi. 13-asr 2-yarmida Rossiyaning g’arbiy chekkalariga Buyuk Litva knyazligi hujum qila boshladi. Mamlakatdagi parokandalik va tatar-mo’g’ullarning hamlalari sharoitida bu knyazlik G’arbiy rus yerlarini osonlikcha zabt etdi. Shu paytdan boshlab bu yerlar «Belaya rus» («Oq rus») deb yuritiladigan bo’ldi (Belorus atamasi shundan kelib chiqdi). 15 — 16-asrlarda Belorussiyada xususiy yer egaligi rivojlandi. Beloruslarning G’arbiy Yevropa mamlakatlari bilan munosabatlari jonlandi. Buyuk Litva knyazligi Belorussiya va Ukrainadagi hukmronligini mustahkamlash uchun 1569 yilda Polsha bilan ittifoq (Lyublin uniyasi) tuzdi. Shu tariqa rechpospolita federativ davlati iujudga kelib, Belorussiya uning tarkibiga kirdi. 16-asrda Yevropa uyg’onishi Belorussiya madaniyatiga ta’sir o’tkazdi. Reformatsiyaning turli oqimlari tarqaldi. Qishloq xo’jaligi tez rivojlandi, uning mahsuloti G’arbiy Yevropa bozorlariga olib borib sotila boshladi. Ko’pchilnk shaharlar o’zini o’zi boshqarish huquqini oldi (Magdeburg huquqi). 1595 yilda S. Nalivayko boshchiligidagi ukrain kazaklari Belorussiyaga yurishlar uyushtirdi. 1648 — 51 yillarda ukrain xalqining ozodlik kurashi ta’sirida Janubiy va Sharqiy Belorussiyada yirik yer egalariga qarshi katta g’alayonlar bo’lib o’tdi. Rossiya davlatining Rech Pospolita bilan 1654 — 67 yillardagi urushi va 1700 — 21 yillardagi shimol urush davrida Belorussiya qattiq aziyat chekdi. 18-asr o’rtalaridan Belorussiya xo’jaligi yuksala boshladi, ammo qo’shni davlatlarning aralashuvi bunga xalaqit berdi. 1772 yilda Rech Pospolitaning birinchi bo’linishi natijasida Belorussiyaning Sharqiy qismi Rossiya imperiyasiga qo’shib olindi, 1793 yilda Rech Pospolitaning ikkinchi bor parchalanishi oqibatida Belorussiyaning Markaziy qismi xam Rossiyaga qaram bo’lib qrldi. T. Kostyushko boshchiligidagi qo’zg’olon (1794) bostirilgach, 1795 yilda G’arbiy Belorussiya Rossiyaga qo’shib olindi. 1812 yilgi urushda polyaklarga xayrixoh bo’lgan Belorus shlyaxtasi Buyuk Litva knyazligining tiklanishiga umid qilib, Napoleonni qo’llab-quvvatladi. 19-asr boshlarida demokratik va milliy-ozodlik goyalari tarqala boshladi, yashirin jamiyatlar vujudga keldi, ular Polsha, Belorussiya va Litvadagi 1830 — 31 yillar qo’zg’oloniga zamin hozirladi. 1861 yilda Belorussiya dehqonlari krepostnoylikdan xalos bo’ldi. 1863 — 64 yillarda bo’lib o’tgan qo’zg’olon burjua islohotlari o’tkazilishiga ta’sir qildi. 19-asr 2-yarmida Belorussiyada kapitalizm jadal rivojlandi, temir yo’llar qurildi, banklar ishlay boshladi. 1905 — 07 yilgi inqilob Belorus milliy ozodlik harakatini kuchaytirdi. 1914 — 18 yillardagi 1-jahon urushi davrida Belorussiya yerlari harbiy harakat maydoniga aylandi. 1915 yilda uning g’arbiy qismini Germaniya qo’shinlari bosib oldi. 1917 yil Oktyabr to’ntarishidan so’ng Minskda ham sovet hokimiyati e’lon qilindi (1917 yil 8 noyabr). Belorussiya mustaqilligiga qarshi bo’lgan bolsheviklar 1917 yil Minskda Belorussiya davlati tuzilishini talab qilib chiqqan Umumbelorus s’ezdini tarqatib yubordi. 1918 yil Fevral—martda nemis qo’shinlari Belorussiyaning deyarli barcha hududini egallab oldi. 1918 yil 25 martda Umumbelorus s’ezdi delegatlari Belorussiyani mustaqil Belorussiya Xalq Respublikasi deb e’lon qildilar. Bunga javoban Smolensk shahrida bolsheviklar Belorussiya Sovet Sotsialistik Respublikasi (BSSR) tuzilganligini e’lon qildilar. 1918 yil noyabr— 1919 yil boshlarida Belorussiya nemis kushinlaridan ozod etilgach, 1919 yil 1 yanvarda Belorussiyaning muvaqqat ishchi-dehqon sovet hukumati o’z manifesti bilan BSSR tashkil etilganligini e’lon qildi. 1922 yil SSSR tashkil bo’lgach, BSSR ham SSSR tarkibiga kirdi. 2-jahon urushi yillarida nemis bosqinchilari Belorussiya hududini egallab oldi. Belorussiya aholisining chorak qismiga yaqini halok bo’ldi, milliy boylikning yarmidan ko’prog’i yo’q qilib tashlandi, yuzlab shahar va qishloqlar vayron bo’ldi. Urushdan keyingi yillarda Belorussiya sanoati va qishloq xo’jaligi tiklandi. 1986 yilgi Chernobil falokati oqibatlari Belorus xalqi uchun fojiali bo’ldi. 1990 yil 27 iyulda BSSRning davlat mustaqilligi haqidagi Deklaratsiya qabul qilindi. 1991 yil 19 sentabrdan mamlakat Belarus Respublikasi deb atala boshladi. 1991 yil dekabrdan MDH tarkibida. 1945 yildan BMT a’zosi. O’zbekiston Respublikasi bilan diplomatiya munosabatlari 1993 yil yanvarda o’rnatilgan. Milliy bayrami — Mustaqillik kuni (3 iyul). Xo’jaligi. Belorussiya ko’p tarmoqli qishloq xo’jaligi rivojlangan industrial davlat. Mashinasozlik, kimyo, neft kimyosi, to’qimachilik va oziq-ovqat sanoati ravnaq topgan. Qishloq xo’jaligida kartoshka va zigir tolasi etishtirish, sutgo’sht chorvachiligi, cho’chqachilik, parrandachilik rivojlangan. Sanoatida elektr energetika, yoqilg’i, metallurgiya, mashinasozlik va metallga ishlov berish, kimyo va neft kimyosi, yog’ochsozlik, tsellyulozaqog’oz, binokorlik materiallari, shisha va chinnifayans, yengil, oziq-ovqat, unyorma va omixta yem, tibbiyot sanoati, mikrobiologiya va matbaachilik eng yirik tarmoqlardir. Sanoat mahsulotining 2-3 qismi yirik shaharlarda, shu jumladan 25% Minskda ishlab chiqariladi. Foydali qazilma konlari kam bo’lgani holda sanoat majmuida ishlab chiqarish sanoati ustun. Bu tarmoq, yuk avtomobillari, avtobuslar, motosikl, velosipedlar, traktorlar, qishloq xo’jalik, qurilish, meliorasiya va yo’l mashinxchari, motorlar, stanoklar, avtomat liniyalar, robotlar, temirchilikpress, burg’ulash, geol. razvedka, savdo uskunalari, quyuvchilik, yengil, oziq-ovqat tarmoqlari uchun texnologiya uskunalari, podshipniklar, EHMlar, televizorlar, radioprismniklar, magnitofonlar, sovitish va muzlatish uskunalari, foto va kinoapparatlar, dozimetrlar, soatlar ishlab chiqaradi. Kimyo va neft kimyosi sanoati ma’danli o’g’itlar, kimyoviy tola va iplar, plastmassa va smolalar, shinalar, rezinatexnika buyumlark, polimer va lokbo’yoq, ro’zg’or buyumlari va shu kabilarlarni ishlab chiqaradi. Yengil sanoatda to’qimachilik (zig’ir tolasi, jun, shoyi, ip gazlamalar), trikotaj, kiyim-kechak, poyabzal, charm va mo’yna buyumlari ishlab chiqarish rivojlangan. Oziq-ovqat sanoati go’sht, yog’-moy va sut mahsulotlari ishlab chiqaradi. Yogmoy, baliq, qand-shakar, unyorma, novvoylik, makaron, mevasabzavot konservalari, pivo ishlab chiqarish sohasida katta quvvatga ega korxonalar mavjud. Yoqilg’i sanoati neft, yo’lakay gaz, torf qazib chiqarish va qayta ishlashni o’z ichiga oladi. Yoqilg’i energetika resurslari Belorussiyaga neft va gaz quvurlari orqali Rossiyadan, elektr energiya qisman Litva va Rossiyadan yuboriladi. Novolukoml va Bsryozada yirik elektr stansiyalar, 20 dan ko’proq kuchli issiqlik elektr stansiyalar ishlab turibdi. O’rmon, yog’ochsozlik, tsellyuloza-qog’oz tarmog’i yalpi sanoat mahsulotining 5% ga yaqinini beradi. Bular taxta, mebel, qipiqtolali plita, faner, parket, gugurt, sport anjomlari, qog’oz, karton, o’rmon kimyosi mahsulotlaridir. Binokorlik materiallari sanoati (sanoat mahsuloti yalpi hajmining 4%) tsement, qurilishbop ohak, devorbop, qoplama va bezash materiallari, yig’ma temirbeton konstruktsiyalari va detallari, tomga yopish va gidroizolyatsiya uchun rulon materiallar, g’ovakli to’ldirgichlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Qora metallurgiya (sanoat mahsuloti umumiy hajmining 1%) metall parchalaridan po’lat, qora metallar prokati, cho’yandan vodoprovod quvurlari, shinalar uchun metall kord, metall kukunidan turli buyumlar va ularni tayyorlashga moslangan. 1991 yiladan sanoat taraqqiyotida pasayish boshlaidi, 1994 — 97 yillarda chuqur iqtisodiy tanazzul holatnga tushib qoddi. Barcha tarmoqlarda mahsulot ishlab chiqarish hajmi kamaydi. Sanoat uchun zarur yoqilg’i. xom ashyo va materiallarning salkam 70% MDH mamlakatlaridan olinadi, mahsulotning 40% dan ko’progy ularning bozorlarida sotiladi. Qishloq xo’jaligi. Belorussiyada qishloq xo’jaligiga yaroqli salkam 9,3 million gektar, shu jumladan 6,2 million gektar haydaladigan yerdan foydalaniladi. Yerlarning tekisligi, tuproqning o’rtacha unumliligi, issiq va namning yetarliligi, mshnat resurslarining mavjudligi qishloq xo’jaligini rivojlantirish uchun qulay sharoitdir. Belorussiya milliy daromadining 20% ga yaqini qishloq xo’jaligiga to’g’ri keladi. Keyingi yillarda isloh qilingan kolxoz va sovxozlar o’rnida yangi ishlab chiqarish tuzilmalari: uyushmalar, aktsiyadorlik jamiyatlari, shirkatlar, agrokombinatlar va boshqalar paydo bo’ldi. Ular donli ekinlardan javdar va arpa, shuningdek bug’doy, suli, grechixa, makkajo’xori, tariq, lavlagi yetishtiradi. Mamlakat kartoshka bilan o’zini ta’minlaydi va bir qismini chetga sotadi. Don va dukkakli don ekinlari yalpi hosilining qariyb 70%, kartoshkaning 40% chorva mollarga beriladi. Katta shaharlar atrofida bog’dorchilik va dehqonchilik yo’lga qo’yilgan. Asosiy ekinlari: karam, bodring, pomidor, turp, piyoz, sarimsoq piyoz, salat, sabzi va hokazolar. Meva va rezavorlardan olma, nok, olxo’ri, olcha, gilos, qorag’at, malina, qulupnay ko’proq yetishtiriladi. Chorvachilikning asosiy tarmog’i — qoramolchilik va cho’chqachilik. Parrandachilik yuqori darajada markazlashtirilgan. Ayrim yirik xo’jaliklar qo’ychilikka ixtisoslashgan. Yilqi ko’paytiradigan ot zavodlari bor. Hayvonotchilik ham birmuncha rivoj topgan. 10 ixtisoslashgan hayvonot xo’jaligi va firmasi norka (qorakuzan), yaltiroq qora tulki, shimol tulkisi, nutriya boqadi. Asalarichilik — respublika qishloq xo’jaligi uchun an’anaviy tarmoqdir. Transporti — Yevropa transport tizimining tarkibiy qismi. Temir yo’l (uzunligi 5,58 ming kilometr), avtomobil yo’llar (uzunligi 51,5 ming kilometr), havo, suv transporti (uzunligi 2 ming kilometr), truboprovod turlari rivoj topgan. Yuk tashishning 72%, yo’lovchi tashishning 55% temir yo’lga to’g’ri keladi. Magistral neft quvurlari — 2861 kilometr, gaz quvurlari — 5534 kilometr (1996). Minsk shahrida 1984 yilda metropoliten ishga tushirilgan. Pul birligi — Belorussiya rubli. Sog’liqni saqlash. 1996 yil Belorussiyada idoralarga qarashli kasalxonalardan tashqari 128500 o’rinli 872 davolash muassasasi bo’lgan. 1996 yilda Sog’liqni saqlash vazirligi tizimida 14749 o’rinli 58 sanatoriy ishlagan. Tibbiyot xodimlari 4 tibbiyot instituti, 18 tibbiyot bilim yurtida tayyorlanadi. 13 ilmiy tadqiqot instituti, Belorussiya tibbiyot texnologiyalari markazi, mehnat qobiliyatini ekspertiza qilish va nogironlar mehnatini tashkil etish instituti sog’liqni saqlashning ilmiy-amaliy va nazariy masalalarini ishlab chiqish bilan shug’ullanadi. 1996 yil Belorussiyada 286 stadion, 4,7 ming sportzal, 220 suzish havzasi, salkam 14 ming sport maydoni, 475 bolalar o’smirlar sport maktabi, jumladan 12 oliy sport mahorati maktabi, 9 Olimpiya rezervi bilim yurti faoliyat ko’rsatdi; fizkultura va sport sohasida 16 mingdan ziyod mutaxassis ishlaydi; ularni jismoniy tarbiya va sport akademiyasi yetishtiradi. Maorifi, ilmiy va madaniy-ma’rifiy muassasalari. 1996-97 o’quv yili Belorussiyada 4,5 ming maktabgacha yoshdagi bolalar muassasalarida 444,3 ming bola bo’lgan. Barcha toifadagi 4,9 ming umumiy ta’lim maktablari (1,6 million o’quvchi), shu jumladan 26 litsey (15,6 ming o’quvchi), 68 gimnaziya (63,5 ming o’quvchi), 2 kollej (1,5 ming o’quvchi) ishladi. 248 hunar-texnika bilim yurtida 123,9 ming o’quvchi, 150 o’rta maxsus o’quv yurtida 125 ming, shu jumladan 4 nodavlat o’rta maxsus o’quv yurtida 2 mingdan ko’proq talaba ta’lim oldi. 59 oliy o’quv yurtida 208,9 ming talaba, shu jumladan 20 tijorat asosidagi oliy o’quv yurtida 28 ming talaba o’qidi. Eng yirik oliy o’quv yurtlari: Belorussiya universiteti, informatika va radioelektronika universiteti, iqtisodiyot, texnologiya, afar, texnika va pedagogika universitetlari, politexnika akademiyasi, san’at akademiyasi, musiqa akademiyasi va boshqalar. Belorussiyadagi eng yirik ilmiy markaz Belorussiya milliy fanlar akademiyasipnr. Belorussiyada 5,2 ming ommaviy kutubxona, 4,6 ming klub muassasasi, 149 muzey va boshqalar bor. Matbuoti, radioeshittirishi va teleko’rsatuvi. Belorussiya tilidagi birinchi bosma kitobni F. Skorina 1517 yil Pragada nashr ettirgan. Belorussiyada 11 davlat nashriyoti, 1400 ga yaqin turli mulkchilik shaklidagi sub’yekt va tadbirkor noshirlik faoliyati bilan shug’ullanadi. Nodavlat, xususiy, kasb, diniy, partiyaviy va boshqa nashrlar chiqadi. 1996 yil umumiy tiraji 59,1 million nusxada 3809 kitob, jumladan Belorus tilida 8,8 million nusxada 598 kitob nashr etilgan. 1997 yil 1 avgustda 938 davriy nashr, jumladan 654 gazeta, 234 jurnal, 50 byulleten ro’yxatga olingan. Eng mashhur nashrlari: «Liteeratura i mastasva», «Zvyazda», «Tsentralnaya gazeta», «Svoboda» va boshqalar. Rasmiy axborot agentligi (Belinform; 1938 — 92 yillarda Belta), shuningdek xususiy agentliklar: Belorussiya yangiliklar agentligi (BelaPAN), «Reklama, informatsiya, daydjest» (Rid) va boshqalar bor. Belorussiyada radioeshittirish 1925 yil, teleko’rsatuv 1956 yilda boshlangan. Mustaqil tijorat radiostansiyalari ham ishlab turibdi. 1991 yildan nodavlat efir va kabel teleko’rsatuv tarmog’i rivojlanmoqda. Adabiyoti. Belorussiyada adabiyot 10-asrda Belorus yozuvi paydo bo’lgach vujudga kela boshladi. 14 — 15-asrlarda Belorussiya yerlari Buyuk Litva knyazligiga siyosiy jihatdan birlashtirilib, Belorus tili davlat tiliga aylanishi adabiyotning rivojlanishiga yordam berdi. Dastlabki Belorus yilnomalarini tarixiy proza namunalari desa bo’ladi. Belorussiya adabiyoti va tilining rivoji atoqli madaniyat arbobi, Belorus matbaachisi F. Skorina (16-asr boshlari) nomi bilan bog’liq. Bu davrda huquqiy tafakkur yodgorliklari yaratildi, yangi janrlar — kitobiy she’riyat, publisistika, tarixiyyodnoma prozasi, dramaturgiya vujudga keldi. Nikolay Gusovskiy lotin tilida «Zubr haqida qo’shiq» dostonini yozdi. Publisist va tarjimon S. Budniy Nesvij shahrida diniy mavzudagi «Katexizis» deb atalgan savoljavob kitobini nashr etdi. Ona tilining jonkuyari V. Tyapinskiy 1580 yilda birinchi marta Injilni Belorus tiliga tarjima qildi. Shoirlar orasida A. Rimsha alohida ajralib turardi. Barokko davri (16-asr oxiri — 18-asr o’rtalari)da Belorussiya adabiyotida yangi qahramon — dehqon, hunarmand paydo bo’ldi. 17-asrda Simeon Poloskiy kitobiy she’riyatni rivojlantirishga hissa qo’shdi. 17-asr 2-yarmi — 18-asr 1 yarmida taqdidiy-hajviy tusdagi va drama asarlari yaratildi. Ya. Borshevskiy, Ya. Chechet, A. Ripinskiy, V. Sirokoml, A. Veriga Darevskiy, A. Plug, V. Korotinskiy va boshqalar. Belorus hamda polyak tillarida ijod qildilar. 1863 — 64 yillardagi qo’zg’olon rahbari K. Kalinovskiy Belorus tilida «Mujiskaya Pravda» gazetasini nashr etdi. F. Bogushevich ijodi Belorus uyg’onish davri milliy g’oyasining cho’qqisi bo’ldi. 1906 yildan chiqa boshlagan «Nasha shva» gazetasi tevaragida aka-uka A. va I. Luskevichlar (asoschi Pa noshirlar), Ya. Kupala, Ya. Kolas, Tetka, M. Bogdanovich, V. Lastovskiy. A. Garun va boshqalar birlashdilar. O’sha dair adabiyoti xalqni uyg’otish. tarixiy ishlarga otlantirish maqsadini ko’zlar edi. 1920- yillar boshida beloruslashtirish siyosati boshlanib, adabiy jurnallar chiqa boshladi, adabiy tashkilotlar tuzildi. 1920 yillar oxirida esa beloruslashtirish siyosati Belorus ziyolilariga qarshi qatag’onlar siyosati bilan almashdi. 1930-yillarda ham ko’lchilik Belorus yozuvchilari qatag’on qilindi. 2-jahon urushi davrida esa front va partizan otryadlarida taniqli yozuvchilarning bir qismi halok bo’ldi. Urushdan keyin jang qahramonligi va azob-uqubatlarini tasvirlovchi asarlar yaratildi. A. Kuleshov, M. Tank, Z. Ostapenko, I. Shamyaqin va boshqalar ijodida urush mavzui uzoq yillargacha asosiy mavzu bo’lib qoldi. 1950 — 70-yillarda boshqa yozuvchilar turkumi adabiyotga kirib keldi: M. Linkov, I. Shamyaqin, I. Melej, P. Pestrak, A. Adamovich, T. Bondar va boshqalarning romanlarida xalqning mashaqqatli hayoti lavhalari — inqiloblar, urushlar, kollektivlashtirish, qatag’onlar manzaralari tasvirlangan. Milliy tiklanish g’oyalari va Chernobil falokati R. Borodulin, S. Zakonnikov, N. Metliskiy she’rlarida, I. Shamyaqin, B. Sachenko prozasida, A. Petrashkevich pyesalarida aks etdi. Qatag’on iskanjasidan omon qaytgan bir qator adiblarning «Lager she’riyati», esdaliklari 1980-yillar oxiri — 1990- yillar boshida ijtimoiy ahamiyatga ega bo’ldi. Belorussiya adabiyotida barcha janrlar rivojlanib bormoqda. Ya. Kupala, Ya. Kolas, P. Brovka, M. Tank va boshqalarning asarlari o’zbek tiliga tarjima qilingan. Me’morligi. Belorussiya hududida paleolit, neonit va jez davri me’moriy yodgorliklari saqlanib qolgan. 11-asrdan o’ziga xos me’morlik rivojlandi. Polosk, Grodno, Vitebsk kabi shaharlar jadal qad ko’tardi, mahobatli inshootlar qurildi. 13 — 17-asrlarda gotika va uyg’onish (Renessans) uslubidagi ko’pgina mudofaa istehkomlari barpo etildi. Go’zal yog’och me’morligi davom etdi. 16 — 18-asrlarda barokko uslubidagi ibodatxonalar tiklandi. 18-asr oxiri — 19-asr boshlarida qurilishda klassisizm ustunlik qilgan bo’lsa, 19-asr 2-yarmi — 20-asr boshlaridagi me’morlikda barcha uslublar aralash quralash bo’lib ketdi. 20-asr boshlarida Belorussiya me’morligiga modern (Minskdagi uy-joy binolari, mehmonxona majmuasi), konstruktivizm (Belorussiya Milliy kutubxonasi, 1930 — 32, me’mor G. Lavrov; hukumat uyi, 1929 — 34, me’mor I. Langbard) uslublari kirib keldi. 2-jahon urushidan keyin vayrona shahar va qishloqlar tiklandi. Minskda bir qancha me’moriy majmualar yaratildi: sport saroyi (1966. me’mor S. Filimonov, V. Malishev), «Yubileynaya» mehmonxonasi (1968, me’mor G. Benediktov) va boshqalar.; yodgorlik majmualari — Minsk yaqinidagi Shuhrat qo’rg’oni (1969, haykaltarosh A. Membel, me’mor O. Staxovich), Xatin (1968 — 69. me’morlar Yu. Gradov, V. Zankovich, L. Levin, haykaltarosh S. Selixanon) va boshqalarlar. Svetlogorsk, Novopolosk, Soligorsk kabi yangi shaharlar vujudga keldi. Tasviriy san’ati. Belorussiya hududida ibtidoiy san’atning eng qad. namunalari tosh davriga mansub.Xalq amaliy san’ati, ayniqsa suyak va sopolga naqsh solish, o’ymakorlik, zargarlik, kashtado’zlik rivoj topgan. Jez va temir davrlarida metall bezaklar paydo bo’lgan. Miloddan avvalgi 5-asrga oid jez va temir bilaguzuklar, hayvonlarning sopol haykalchalari saqlangan. Xristianlik tarqalishi munosabati bilan ikona (Xudo va avliyolar rasmini ishlash) san’ati rivojlana boshladi. 11 — 15-asrlardan qo’lyozma kitoblar miniatyuralar, lavhalar, manzaralar bilan bezatildi. Kitob bosish rivojlana boshlagach, gravyura san’ati o’sdi, bosma kitoblarni bezashning o’ziga xos uslubi vujudga keldi. Amaliy bezak san’ati G’arbiy Yevropa va qadimgi rus san’atining milliy ruhdagi o’ziga xos omixtasidan iborat. 15 — 16-asrlarda guldor keramika mahsulotlari, qabariq koshinlar, asl metallardan zargarlik buyumlari tayyorlash rasm bo’ldi. 15-asrda Belorussiyada hunarmandchilik birlashmasi — Grodnoda shishasozlar usgaxonasi barpo etildi va badiiy shisha ishlab chiqarish yo’lga qo’yildi. 14 — 19 asrlarda yog’och o’ymakorligi, kulolchilik, to’qimachilik (belbog’lar, gobelenlar — devor gilamlari) ravnaq topdi. 16-18-asrlarda rang tasvir va gravyura sohasida realistik mayllar yaqqol namoyon bo’ldi. 19-asrdan san’at romantizm va tsisman klassisizm yo’lidan bordi. 20-asrda rang tasvir, haykaltaroshlik, fafika, teatrbezak san’ati yuksak darajaga ko’tariddi. Hozirgi san’atkorlar orasida rassomlardan I. Rey, N. Seleshchuk, G. Vashchenko, haykaltaroshlardan A. Glebov, G. Muromsev, S. Vakar, I. Misko, grafik rassomlardan L. Aseskiy, E. Los, A. Kashkurevich, V. Sharngovich, amaliy bezak san’ati ustalaridan V. Dyomkina. A. Kishchenko, I. Stasevich kabilar mashhur. Musiqasi. Belorussiya musiqa san’ati manbalari Sharqiy slavyanlar va Kiyev Rusi xalq musiqasidan boshlanadi. Dastlabki dunyoviy professional an’analarni skomoroxlar (qiziqchi masxarabozlar) boshlab berishgan. 15-asrga kelib pravoslav cherkov musiqasida mashhur qiroatli ashulaning mahalliy toifasi shakllandi. 16- asr 2-yarmi — 17-asrda Uyg’onish davri an’analari va Reformatsiya g’oyalari Belorussiya musiqa madaniyatiga ta’sir o’tkazdi. 17-asrda partes qo’shiqchiligi (ko’p ovozli o’ziga xos xor) vujudga keldi. 18-asrda boyvachchalardan Radzivillar, Sapeglar, Oginskiylar, A. Tizengauz va boshqalarning xususiy teatrlari, kapellalari musiqa madaniyati markaziga aylandi. 19-asr boshlaridan Vitebsk, Grodno, Minsk, Mogilyovda shahar orkestrlari ishlay boshladi, spektakllar sahnalashtirildi. 1918 — 21 yillarda xalq konservatoriyalari ochildi. keyinchalik ular texnikum va maktablarga aylantirildi. 1920 yillardan professional musiqa san’ati rivojlandi (kompozitorlar N. Churkin, N. Aladov, A. Turenkov, G. Puket, V. Zolotaryov, A. Bogatiryov), milliy opera va baletlar sahnalashtirildi. 2-jahon urushi davrida va 1950-yillarda qahramonlik vatanparvarlik mavzuidagi asarlar yozildi. L. Abeliovich, N. Aladov, A. Bogatiryov, E. Glebov, V. Zolotaryov, P. Podkovirov, G. Puke vocal simfoniya musiqa janrida, A. Klumov fortepiano, I. Lyuban, S. Polonoskiy, N. Sokolovskiy va boshqalar qo’shiq janrida ijod qildilar. 1960-90-yillarda Yu. Semenyako, E. Smolskiy, G. Vagner, S. Kortes, V. Soltan, A. Bondaryonko va boshqalarning operalari qo’yildi. Operetta janrida V. Voytik, E. Glebov, V. Kondrusovich, A. Mdivani va boshqalarning asarlari paydo bo’ldi. Qo’shiq janrida L. Aleksandrovskaya, V. Olovnikov, N. Kuznesov, I. Luchenok, E. Glebov, B. Budnik va boshqalar muvaffaqiyatli ishladilar. 1980 — 90-yillarda A. Bogatiryov, C. Beltyukov, A Bondaryonko, V. Branlovskiy, V. Budnik, V. Voytik, E. Glebov, V. Doroxin, E. Zariskiy, V. Ivanov va boshqa turli janrlarda ijod qildilar. Belorussiyalik kompozitor V. Zolotaryov o’zbek kuylari asosida simfonik uvertyura, rapsodiya, syuita va «Navoiyning 6 g’azali» vocal simfonik asarini yaratdi. Belorussiyada Milliy akademik opera teatri, Milliy akademik balet teatri, Davlat musiqali komediya teatri, Davlat akademik simfoniya orkestri, Davlat xor kapellasi, Davlat raqs ansambli, Belorussiya musiqa akademiyasi va boshqalar ishlab turibdi. Teatri. Belorussiya teatr san’ati xalq rasm rusumlari va o’yinlaridan, daydi qiziqchilardan boshlangan. 16-asrda qo’g’irchoq teatri — batleyka paydo bo’ldi. 16 — 18-asrlarda maktab teatri, 16 — 20-asrlarda xalq dramasi keng rasm bo’ldi. 18 asrning 1-yarmida shahar va rabodlarda xususiy teatrlar faoliyati avj oldi, ularning ba’zilari yuqori malaka darajasiga ko’tarildi. 1840-yillardan dramaturg, aktyor, rejissyor V. Dunin Marsinkevich Belorus professional teatrini tashkil etishga jonkuyarlik qildi. 20-asrda Belorus sahna san’atini rivojlantirishda yangi bosqich boshlandi. K. Kaganes, Ya. Kupala, Ya. Kolas, K. Buylo, L. Radzevich, I. Buyniskiy, F. Alexnovich, F. Jdanovichlarning sa’y harakatlari bilan dastlabki teatrlar vujudga keldi. 2-jahon urushi davrida 23 teatrdan ko’pchiligi o’z faoliyatini to’xtatdi, ba’zilari o’zga yurtlarga ko’chib, kontsertlar berdi. Urushdan keyin qaddini rostlagan san’at jamoalari uslub izlanishlarini kengaytirdi, sahna mahoratini oshirdi. Belorussiya teatrlarida samarali ishlagan va ishlayotgan sahna ustalaridan G. Makarova, S. Stanyuta, Z. Stomma, G. Ovsyannikov, L. Davidovich, V. Beloxvostik, A. Klimova, R. Yankovskiy, G. Garbuk, M. Zaxarevi’1, V. Tarasov, A. Milovanov, V. Kuleshov, T. Kokshtis, O. Klebanovich, rejissyorlardan L. Litvinov, N. Miskevich, K. Sannikov, V. Raevskiy, B. Lusenko, N. Pinigin, V. Korotkovich va boshqalarni ko’rsatish mumkin. 1997 yil Belorussiyada 26 davlat teatri ishladi. Belorussiya San’at akademiyasi, Madaniyat universiteti aktyor, rejissyor, teatrshunoslarni tayyorlab bermoqda. Kinosi. Belorussiyada kino ishlab chuqarish 1924 yilda boshlangan. O’sha yili kinematografiya va fotografiya ishlari boshqarmasi (Beldavkino) tashkil etildi. 1928 yil Leningradda «Sovetskaya Belarus» badiiy filmlar studiyasi tuzildi (1946 yildan «Belarusfilm»); 1939 yildan Minskda ishlaydi. 1926 yilda «O’rmon voqeasi» deb atalgan birinchi badiiy film yaratildi. 1920 — 30-yillarda yaratilgan filmlarda milliy va ijtimoiy ozodlik yo’lidagi kurash hamda zamonaviy turmush etakchi mavzular bo’lib qoldi. 1940 — 70-yillarda badiiy va hujjatli kino ustalari urush mavzularini va ijtimoiy turmushning chigal jarayonlarini aks ettirdilar. axloqodob muammolarini ko’tarib chiqdilar. Adabiy asarlar ekranlashtirildi, bolalar uchun filmlar yaratildi. 1980-yillar oxiridan Belorus kinematografchilari tarixiy o’tmishni va hozirgi zamonning murakkab jarayonlarini chuqurroq idrok etishga intilib, «Oq shudringlar» (rejissyor I. Dobrolyubov), «Bizning bronepoezd» va «Siyosiy byuro» kooperativi» yoki «Olis vidolashuv» (rejissyor M. Ptashuk), «Qilmishqidirmish» (rejissyor B. Stepanov, M. Qosimova, B. Shadurskiy) filmlarini yaratishdi. «Belarusfilm»da «Telefilm», «Yilnoma» ijodiy birlashmalari, 1973 yildan multfilmlar ustaxonasi ishlaydi. Kinoaktyor teatri studiyasi mavjud.