BELU-ORIZONTI
BELU-ORIZONTI – Braziliya Janubi sharqidagi shahar, Minas-Jerays shtatining ma’muriy markazi. Braziliya yassitog’ligida joylashgan, dengiz sathidan 900 metr balandlikda. Aholisidan ortiq (shahar atrofi bilan 3,5 million). 2,1 million kishi Temir yo’l va avtomobil yo’llari tuguni. Mamlakatning kon sanoati rayoni markazi. Belu-Orizonti yaqinida temir, marganes rudalari, yirik oltin konlari bor. Qora metallurgiya, kimyo, ko’nteri, poligrafiya, to’qimachilik, oziq-ovqat sanoati rivojlangan. Mebel ishlab chiqariladi, olmosga ishlov beriladi. Belu-Orizontiga asos solingan vaqtda (1895) shahar Sidadidiminas deb atalgan. Universitet, tarix muzeyi bor.