BENAVO ABDURAUF

Ma’nosi

BENAVO ABDURAUF (1913 — Qandahor — 1987) — afg’on shoiri, publitsisti, olim va jamoat arbobi. Ijodi 1934 yilda boshlangan. Afg’on akademiyasining prezidenti (1947 — 51). «Parishon fiqolar» (1957), «Xushhol va Psarlay» (1958) kabi she’riy to’plamlar, «Sariq gul», «Baxtsiz qiz» kabi hikoyalar muallifi. Benavo «Adabiyot nazariyasi» (1948), «Hozirgi zamon yozuvchilari» kabi adabiyotshunoslikka oid asarlar ham yozgan.

O‘xshash so‘zlar

B harfi: barcha so‘zlar