BENGALIYA QO’LTIG’I
BENGALIYA QO’LTIG’I — Hind okeanidagi qo’ltiq. Hindiston va Hindixitoy yarim orollari hamda Andaman, Nikobar orollari o’rtasida. Maydoni 2191 ming kilometr kvadrat. O’rtacha chuqurligi 2586 metr, eng chuqur joyi 4519 metr. Yirik daryolardan Gang va Brahmaputra quyiladi. Suvining o’rtacha temperaturasi Fevralda 25 — 27°, avgustda 28°. Sho’rligi 30% o, Gang daryosi quyiladigan yerda bundan kamroq, Janubda 34%o. Tez-tez tropik dovullar bo’lib turadi. Shimolda suv 11 metrgacha ko’tariladi. Baliq, dengiz mollyuskalari va trepang ovlanadi. Asosiy portlari: Kalkutta — Gang daryosi deltasida, Madras (Hindiston), Chittagong (Bangladesh).