BERGSON
BERGSON (Bergson) Anri (18591941)— frantsuz faylasufi, intuitivizm va hayot falsafasi namoyandasi. Kolledj de Frans professor (1900). Frantsiya akademiyasi a’zosi (1914). Bergson fikricha, haqiqiy va boshlang’ich reallik—metafizik kosmik jarayon, «Hayotiy shiddat», ijodiy evolyutsiya sifatidagi hayotdir; u intellektga qarama-qarshi bo’lgan intuisiya vositasi bilan erishiladigan «davomiylik»dan tarkib topgan; materiya, ong, xotira, ruh— «davomiylik» ning turli jihatlaridir. Bergson jamiyatdagi hukmronlikni va itoat qilishni «tabiiy» holat, urushni muqarrar suratda yuz beradigan «Tabiat qonuni», deb hisobladi. Asosiy asarlari: «Ongning bevosita ma’lumotlari» (1889), «Materiya va zehn» (1896). «Ijodiy evolyutsiya» (1907), «Axloq va dinning ikki manbai» (1932). Nobel mukofoti laureati (1927).