BERILLIY OKSID

BERILLIY OKSID, Veo berilliyning kislorod bilan birikmasi; oq poroshok, zichligi 3025 kilogramm/metr kub, suyuqlanish temperaturasi 2578°, qaynash temperaturasi 4300°. 2100° gacha barqaror va 2100— 2578° da barqaror Rmodifikatsiyalari mavjud. Tabiiy sharoitda royatda kam (bromellit minerali shaklida) uchraydi. Suvda erimaydi, kislotalarda erib, Be2* tuzlarini hosil qiladi (qizdirilgan Berilliy oksid faqat kontsentrlaigan H2SO4 va HF da, suyultirilgan Berilliy oksid esa faqat NG da eriydi). Ishqorlar bilan suvda eriydigan tuzlar (berillatlar)ni kuydirilmagani 1000° dan yuqori temperaturada suv bug’i bilan ta’sirlashib, gaz holidagi berilliy gidroksidii hosil qiladi. Berilliy oksid berilliy gidroksidni ski berilliy tuzlarini yuqori haroratlarda parchalab olinadi. Elektr utkazuvchanligi kam va issiq o’tkazuvchanligi katta (misnikidan sal ortiq) materiallar hamda o’tga chidamli maxsus sopol mahsulotlar va tigellar tayyorlashda, yadro reaktorlarida — neytronlarni susaytiruvchi va qaytaruvchi sifatida, rentgepotexnikada — rentgen nurlarini o’tkazuvchi shishalar tayyorlashda. organik sintezda — katalizator sifatida ishlatiladi. Berilliy oksid zaharli, nafas yo’llarini yallig’lantiradi, o’pkaning surunkali kasalligi — berilliozga sabab bo’lishi mumkin.