BERK O’LKA

BERK O’LKA — oqar suvlari ichki dengiz yoki okeanga borib quyilmaydigan o’lka. Iqlimi qurg’oqbo’lganidan Berk o’lkada suv kam bo’ladi. Ayrim daryolargina kesib o’tib, okeanga quyiladi (masalan, Nil daryosi). Berk o’lkada bundam daryolarga odatda kuyi va o’rta oqimida birorta ham irmoq kelib qo’yilmaydi, aksincha, sug’orishga sarf bo’lishi, yer ostiga sizib ketishi va ko’plab bug’lanishi natijasida daryolarning suvi kamayib boradi. Yog’inning hammasi bug’lanib ketadi. Berk o’lkadagi yirik daryolar (Volga, Ural, kura, Amudaryo, Sirdaryo, ili va boshqalar) ma’lum biron ko’lgagina qo’yiladi, kichikroq daryolar (O’rta Osiyodagi Zarafshon, Qashqadaryo, Chuy, Talas, Tajan, Murg’ob, Atrek kabi daryolar) esa sug’orishga sarf bo’lishi, bug’lanishi va yer ostiga sizib ketishi natijasida yo’l yo’lakay tugab ketadi. Eng katta Berk o’lkalar Afrika va Osiyoda. Kaspiy dengizi havzasi va O’rta Osiyo (Orol dengizi va Balxash ko’li) havzalari eng katta Berk o’lkalardan hisoblanadi.