Avtoliz, autoliz nimani anglatishini bilasizmi

Avtoliz, autoliz nimani anglatishini bilasizmi – (avto… va yunoncha lisis – yemirilish, parchalanish) o’simlik yoki hayvon organizmidagi to’qimalarning o’z-o’zidan parchalanishi. Avtoliz organizmidagi oqsil, uglevod, yog’ kabi murakkab moddalarning turli fermentlar ta’sirida parchalanishi tufayli sodir bo’ladi. Avtolizda, asosan o’lgan organizmdagi to’qimalar yemiriladi yoki tirik organizmning ba’zi a’zolaridagi to’qimalardan ma’lum bir qismi biror sababga ko’ra (masalan, xavfli o’smalarda) parchalanadi. O’simliklarda avtoliz hujayraning past temperatura ta’sirida, quritilganda, zaharli moddalar (xloroform, toluol va boshqalar) ta’sir etib qurib qolganida, shuningdek to’qimalarni mexanik usulda maydalanganda ro’y beradi. Avtoliz ba’zi texnologik jarayonlarda, tamaki, choyni fermentlashda, yem-xashakni siloslashda ham sodir bo’ladi.

Добавить комментарий