BESSARABIYA

BESSARABIYA — Dnestr va Prut daryolari oralig’idagi tarixiy viloyat (hozirda Moldaviya hududining asosiy qismi va Odessa viloyatining Janub qismi). 10-11-asrlarda Bessarabiya Kiyev Rusiga, 12— 13-asrlarda Galich Volin knyazligiga qaragan. 14-asrdan Moldaviya knyazligiga kushib olingan. 16-asr boshida uni Turkiya ishg’ol qilgan. 1812 yildan Rossiya imperiyasi tarkibida bo’lgan. 1918-40 yillarda esa Ruminiya ishg’ol qilgan.