BESSEL FRIDRIX VILGELM

BESSEL FRIDRIX VILGELM (1784.22.7, Minden, Germaniya — 1846.17.3, Kenigsberg)—nemis astronomi, geodezisti va matematigi. Astrometriya asoschilaridan biri. U 20 yoshligidayoq Gapley kometasi orbitasini hisoblab chiqdi. Bessel rahbarligida Kenigsberg universitetida rasadxona qurildi; u umrining oxirigacha shu rasadxona direktori bo’lib ishladi. Besselning astrometrik o’lchashlar sohasidagi birinchi katta ishi 17-asr 40-50-yillari ingliz astronomi J. Bradleyning yulduzlar jadvalini tuzish uchun bajargan kuzatish natijalarini qayta ishlashga bag’ishlandi va u 1818 yilda «Astronomiya asoslari» nomi bilan chop etildi. Bessel 1821-33 yillarda Reyxenbax meredian doirasida 75000 yulduz o’rnini yuqori aniqlikda o’lchadi va «Kenigsberg jadvallari»ni tuzdi. Bessel birinchilar qatorida yulduzlar parallakttl, shu bilan birga, ulargacha bo’lgan masofalarni aniklzdi. U Sirius va Prosion yulduzlarini bir necha yil kuzatib, bu yulduzlarning yo’ldoshlari bor, deb faraz qildi. Uning taxminlari keyinchalik tasdiqlandi: 1862 yilda Siriusning, 1896 yilda Prosionning yo’ldoshi borligi aniqlandi. Bessel 1831-41 yillarda rus olimi I. Ya. Bayer bilan birgalikda Sharqiy Prussiyada trangulyasiya ishlarini bajarib, meridianning bir darajasi uzunligini o’lchab yer sferoidi elementini aniqladi. Bu element geodeziyada 100 yilga yaqin ishlatildi va Bessel elementi deb ataldi.