BETONQORGICH

BETONQORGICH — tsement, qum, shag’al va chaqiq toshni mexanik usulda aralashtirib va bu aralashmani suv bilan qorib beton qorishmasi tayyorlovchi qurilma. Asosiy ish qismi elektr dvigateli aylantiradigan aralashtirish barabani. Betonqorgich muqim (stasionar) va ko’chma xillarga bo’linadi. Muqim Betonqorgich beton zavodlari va qurilishlarda ishlatiladi. Ko’chma Betonqorgichdan kichik hajmli ishlar uchun foydalaniladi. Ish tarziga ko’ra, vaqti-vaqti bilan ishlaydigan va uzluksiz ishlaydigan xillarga; qorishma tayyorlash usuliga ko’ra, gravitatsion va majburiy aralashtiradigan xillarga bo’linadi. Avtomobil shassisiga o’rnatilgan Betonqorgich avtobetonqorgich deyiladi. Bunday Betonqorgich betonni yo’l-yo’lakay aralashtirib ketaveradi.