BESHAR

BESHAR (qadimgi Kolon Beshar)—Jazoir g’arbidagi shahar. Beshar viloyasining ma’muriy markazi. Aholisi 107 ming kishi (1987). Temir yo’l va avtomobil yo’llari tuguni. Qishloq xo’jalik mahsulotlari qayta ishlanadi. Oziq ovqat sanoati, tikuvchilik, metallsozlik, qurilish materiallari ishlab chiqarish korxonalari bor. Konchilik sanoati markazi: toshko’mir (Kenadza va Abadla), marganets (Vodigattara) va temir (Ugarta) rudalari qazib olinadi.