Shvits qoramol zoti nimani anglatishini bilasizmi

Shvits qoramol zoti nimani anglatishini bilasizmi – sut, go’sht olish uchun boqiladigan zot. Shveysariyaning tog’li hududlarida Sharqdan qadimda keltirilgan kalta shoxli zotlarni uzoq tanlash yo’li bilan chiqarilgan. Tusi qo’ng’ir. Shvits qoramol zotining sut-go’sht, sut, go’sht-sut yo’nalishidagi xillari bor, sut-go’sht beradigan xili tanasining yirikligi, yag’rindorligi bilan ajralib turadi. Go’sht-sut yo’nalishidagi turining yelinlari kichik, tanasi ixcham. Issiq iqlimi hududlar sharoitiga tez moslashadi. Buqalarining o’rtacha vazni 800-1000 kg, sigirlariniki 600-700 kg. Sut sog’imi 6000-6500 litr, yog’ligi 4,0-4,1%. Sersut sigirlar 16 tonnagacha sut beradi. Go’shtdorligi yuqori, so’yim chiqimi 60%. Shvits qoramol zoti ko’plab mamlakatlarda, jumladan, Fransiya, Italiya, AQSh, Kanada Shvits qoramol zoti Janubiy Amerika mamlakatlarida va Afrika keng tarqalgan. Rossiyaga 1861-yildan, O’zbekistonga 1885-yildan boshlab keltirilgan. 1930-yildan “Savay” (Andijon viloyati), “Ovoshnoy”, “Boyovut” (Toshkent viloyati), “G’allaorol”, “Udarnik” (Jizzax viloyati) Shvits qoramol zoti naslchilik zavodlari tashkil etildi. Seleksionerlardan M.I.Samartsev va K.Madaminovlar O’zbekistonda Shvits qoramol zoti bo’yicha seleksiya ishlari rivojiga katta hissa qo’shgan.

Добавить комментарий