BESHOROL QO’RIQXONASI

BESHOROL QO’RIQXONASI — Qirg’iziston Respublikasi hududidagi Chatqol vodiysida joylashgan qo’riqxona. 1979 yilda tashkil etilgan. Maydoni 16,7 ming gektar. Archazor va yong’oqzorlar bor. Menzbir sug’uri, qor qoploni va boshqalar, qushlardan sapsan, burgut va boshqalar yashaydi.