BESHTORSOY

BESHTORSOY (yuqori oqimida Jo’yaktorsoy) — Toshkent viloyati Bo’stonliq tumanidagi soy. Piskom daryosi havzasiga mansub. Oygaingiint eng yirik chap irmog’i. Piskom tizmasining g’arbiy yon bag’ridan 3500 metr balandlikdagi muzliklardan boshlanadi. 20 ga yaqin irmog’i bor. Beshtorsoyning uzunligi 21 kilometr, havzasining maydoni 172 kilometr kvadrat. Beshtorsoy havzasida, 3000-4200 metr balandliklar oralig’ida umumiy maydoni 6,2 kilometr kvadrat bo’lgan 12 ta muzlik bor. Eng yirigi—Qiziltor 4 (uzunligi 2,4 kilometr, maydoni 1,6 kilometr kvadrat). Beshtorsoyning o’rtacha yillik suv sarfi 5 metr kub/sekund. Yillik oqimning o’rtacha 15% muzliklar erishi hisobiga, qolgan qismi esa qor, yomg’ir suvlariga to’g’ri keladi. Beshtorsoy yozda sersuv.