BESHTRAMSOY

BESHTRAMSOY — Navoiy viloyati Navoiy tumanidagi soy. Yuqori oqimida Oqtoshsoy, o’rta va quyi oqimida Sho’rg’asoy deb ham ataladi. Qoratog’ning Janub yon bag’rida 1100 metr balandlikdan boshlanadi. 9 ta irmog’i bor. Uzunligi 22 kilometr, havzasining maydoni 41 kilometr kvadrat. Beshtramsoy juda kamsuv. Yomg’ir, qor va buloq suvlaridan to’yinadi. Bahorda suvi ko’payadi. Ba’zan sel oqimi kuzatiladi. Yozda suvi sug’orishga sarf bo’ladi va Zarafshon daryosiga etmasdan qurib qoladi.