BIBI MARYAM

BIBI MARYAM — Qur’onda tilga olingan taqvoli, Siddiqa ayol, Iso (Iyso) payg’ambarning onasi. Musulmonlar uchun u eng mo’mina ona, jannatdagi ayollarning rahnamosi. Turkistonda Maryamga hurmat yuzasidan «Bibi» atamasi qo’shib aytiladi. Qur’oni Karimning «Maryam» deb atalgan 19-surasida u haqida rivoyatlar keltiriladi. Bibi Maryam xristianlikdagi Mariyaga to’g’ri keladi.