BIR EKINLI DEHQONCHILIK
BIR EKINLI DEHQONCHILIK, yakka ziroatchilik (monokultura) — bir xil ekinni bir joyda uzoq muddat uzluksiz o’stirish. Bu usul tuproqning fizik va kimyoviy xossalarini yomonlashtiradi, yerda ozuqa moddalarni kamaytiradi, tuproq unumdorligini pasaytiradi. Shuningdek, o’stirilayotgan ekinga moslashgan hasharot va kasallik ko’payadi, dalani begona o’t bosadi. Masalan, bir dalada g’o’za qayta-qayta o’stirilganda vilt kasalligi ko’payib, hosildorlik pasayadi. Yerdan oqilona foydalanish uchun bir ekinni uzoq muddat bir dalaga ekilishiga yo’l qo’ymaslik, dalaga ekinlarni navbatlab turish uchun almashlab ekish joriy qilinadi.