O’G’LONJON OTA MAQBARASI
O’G’LONJON OTA MAQBARASI — Qamashi shahridagi me’moriy yodgorlik (18-19-asrlar). Maqbara to’rtburchak tarhli, peshtoqgumbazli; pishiq g’ishtdan qurilgan. Bosh tarzidagi peshtog’iga yassi ravoqlar, burchaklariga guldastalar ishlangan. Sag’ana joylashgan xonaning ichki devorlari ravoqli.