O’QQULOQ KO’RSHAPALAKLAR
O’QQULOQ KO’RSHAPALAKLAR — silliq burun ko’rshapalaklar urug’i. Quloq suprasi 4 santimetrgacha. Bir necha turi bor. G’arbiy Osiyo va shimoliy Afrikaning quruq iqlimli hududlarida tarqalgan. O’rta Osiyo va Qozog’istonda oqqorinli O’qquloq kurshapalaklar uchraydi. O’qquloq kurshapalaklar uchun qoyalar yorig’i va imoratlar pana joy bo’ladi. Tunda faol.