O’QILON

O’QILON (Rzattorgpz Npeomik) — suvilonlar oilasiga mansub ilon. Gavdasi ingichka, uzunligi 90 santimetrgacha. Tanasining orqa tomonida 4 ta bo’ylama qoramtir yo’li bor. Tangachalari silliq. Zahar soluvchi tishlari yuqori jag’ suyagining keyingi qismida. Markaziy va G’arbiy Osiyoda, jumladan, Qozog’iston, O’rta Osiyo va Sharqiy Zakavkazeda tarqalgan. Cho’l va chala cho’llarda yashaydi; tog’larda ham uchraydi. Juda tez («o’qdek») harakat qiladi (nomi shundan). Asosan, kaltakesaklar bilan oziqlanadi. Chaqqon, o’ljasini bir necha sekundda o’ldiradi. Urg’ochisi iyun— iyulda 2-6 ta tuxum qo’yadi. Chaqishi odam uchun xavfli emas; chunki O’qilon og’iz bo’shlig’ining keyingi qismida joylashgan zahar tishidan foydalan olmaydi.