BOBONIYOZMATOV MELIBOY

BOBONIYOZMATOV MELIBOY (1837 Rishton — 1917) — rishtonlik kulol, kosagar usta. Kulollik hunarini otasi usta Boboniyozmatdan o’rgangan. Rishton kulolligi uslubida ishlanadigan sopol idishlarning barcha turlarini yasash, naqshlash, pishirish jarayonini yaxshi bilgan. Rang-barang bo’yoqlarni qo’llab xilma-xil yangi idishlar yasagani uchun ustalar orasida «chapdast usta» nomini olgan. Rishtonlik kulollar orasida birinchi bo’lib G’ijduvon kulolligida yangi tarkalgan «tagi siyoh» («qora zaminlik») uslubini mukammal o’rgangan, shu uslubda tayyorlagan idishlaridan namunalar Toshkentdagi O’zbekiston xalqlari tarixi muzeyida saqlanadi.