BOBOXONOV ABDULLA BOBOXONOVICH

BOBOXONOV ABDULLA BOBOXONOVICH (1910.8.2, Qirg’izistondagi To’qmoq shahri -1990.10.6, Moskva) — me’mor, Xalq me’mori (1970). O’rta Osiyo industrial institutini bitirgan (1933). «Toshkent shahri loyihalash idorasi»da bosh me’mor (1938-44), O’zbekiston Me’morlar uyushmasi boshqaruvining raisi (1944-46, 1964-68), O’zbekiston Respublikasi qurilish vaziri o’rinbosari (1955-59), Qurilish va me’morlik akademiyasida ilmiy xodim va bo’lim mudiri (1960— 63), ToshPIda o’qituvchi (1963), professor (1965). 1963-89 yillar davomida o’zining bilim va tajribalarini yosh me’morlarga o’rgatgan. Asosiy ishlari: Kattaqo’rg’on (1940-41) va Jan. Surxon (1964-67) suv omborlari majmuasining me’moriy qismi, Shohimardondagi Hamza maqbarasi (1950), Samarqanddagi Ulug’bek rasadxonasi (1962) va boshqa 100 dan ortiq klub, madaniyat saroylari, kinoteatrlar va turar joy binolari loyihasini yaratgan. Boboxonov loyihalari asosida qurilgan binolarda milliy me’moriy an’analar zamonaviy me’moriy uslublar bilan uyg’unlashtirilgan.