O’ZBEKIT

O’ZBEKIT — suvli vanadatlar guruhiga mansub mineral. Kimyoviy tarkibi Si3[U04]2Zn,0. Tarkibida oz miqdorda 2p, 5G, va, T1 va N1 mavjud. O’zbekit ilk bor 1926 yil O’zbekistondagi Qorachag’ir tog’larida topilgan. Keyinchalik og’alik, Temirqobiq, Qizilqumda ham O’zbekit mavjudligi aniqlangan. Tabiatda qushaloq kristallar, sharsimon va yupqa agregatlar holida uchraydi. Rangi to’q yashil, olmosdek yaltiraydi. Qattiqligi 3; zichligi 2-3 g/sm3. O’zbekit tarkibida vanadiy bo’lgan uglerodli slaneslarning oksidlanish zonasida paydo bo’ladi. Folbortit, xyuetit, pintadoit va vanadiyning boshqa minerallari bilan assotsitasiyada uchraydi. Vanadiy va misning birlamchi minerallari uchun Darakchi hisoblanadi.