O’XSHASHLIK

O’XSHASHLIK (geometriyada) o’lchamlari turlicha bo’lgan geometrik figuralarning shakllari bir xil bo’lishi. O’xshashlik konstruktiv masalalarni yechishda, binolar, inshootlarning modellari va chizmalarini tayyorlashda (o’xshash nusxalar olishda) keng qo’llaniladi.