BODOMCHA
BODOMCHA (Amygdalus spinossisima Rge) — ra’nodoshlar oilasiga mansub sershox va sertikan buta. Bo’yi 1-2 metr. Martda gullaydi, iyulda mevasi pishadi. Bargi mayda, butun, tukli. Janub rayonlardagi tog’ etaklarida, adirlardagi toshloq yerlarda va qoyalarda o’sadi. Mag’zi achchiq, xalq tabobatida va tibbiyotda ishlatiladi.
BODOMCHA — 1) ko’rinishi bodom mevasiga o’xshash bezak buyumi. Miskarlik (Bodomcha shaklidagi idish), zargarlik (taqinchoqlarning bodom shaklidagi shokilalari, ikki uchi bodom shaklida ishlangan bilaguzuk) va boshqalarda keng qo’llaniladi; 2) miskarlikda idishlar qorniga o’rnatiladigan naqshli qolipaki bulak va shu bo’lakni yasashda ishlatiladigan qolip; 3) naqsh turi, Bodomcha islimiy, Bodomcha madohil va boshqalar; 4) muhr.