BOJXONA DEKLARATSIYASI
BOJXONA DEKLARATSIYASI — milliy Qonunchilik talablariga muvofiq rasmiylashtirilgan hujjat; chegara orqali o’tadigan yuk (eksport tovarlari, kishilarga tegishli yuklar, qo’ldagi anjomlar, valyuta, qimmatbaho buyumlar va boshqalar)lar haqidagi asosiy ma’lumotlar qayd etiladi. Bojxona Deklaratsiyasi jismoniy va yuridik shaxs (deklarant) lar tomonidan to’ldiriladi va tovarlar miqdori, ularning narxi haqidagi ma’lumotlar qayd etiladi. Bojxona Deklaratsiyasi tovar (mulk)ni mamlakat chegarasidan kiritish, chiqarish yoki olib o’tish uchun ruxsatnoma vazifasini o’taydi. Bojxona Deklaratsiyasida qayd etilgan tovarlarning bojxona qoidalariga xilof bo’lmasligi va tovarlar to’g’risidagi ma’lumotning to’liq bo’lishi uchun deklarant javobgar hisoblanadi. Bojxona Deklaratsiyasida qayd etilmagan barcha tovar (mulk)lar qrnunbuzarlik oharakati sanalib, ular davlat foydasiga musodara etiladi va deklarant ma’muriy yoki jinoiy javobgarlikka tortiladi.