BOLGARIYA TELEGRAF AGENTLIGI

BOLGARIYA TELEGRAF AGENTLIGI (BTA), 1898 yilda tashkil etilgan. Sofiyada joylashgan. 1973 yildan Bolgariya Vazirlar Kengashi huzuridagi qo’mita maqomini olgan. Bolgariyaning yirik shaharlarida, shuningdek xorijiy mamlakatlar poytaxtlari (masalan, Nyu York, London, Parij, Moskva, Berlin, Ankara, Qohira, Dehli, Pekin va boshqalar) da muhbirxonalari bor. Mamlakat gazeta va radiosini ichki va tashki hayot masalalariga doyr xabarlar bilan ta’minlaydi. Chet ellarga bolgar xalqi iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayoti haqida ma’lumotlarni tarqatadi.