BOLID

BOLID — yer atmosferasining quyi qatlamigacha kirib keladigan kata massali yorqin meteor jism. Ko’pincha, meteor jismlar atmosferaga kirganda bo’linib, bug’lanib ketadi. Bolid uchganda cho’g’langan gaz oqimlari va meteor jismning erigan tomchilari jism ortida «olovli dum» hosil qilib, yorug’ iz qoldiradi. Bu iz bir necha minut ko’rinib turadi. Bolid yo’lidagi havoning qattiq siqilishi va siyraklashishi oqibatida ba’zan kuchli gumburlash eshitiladi. Ba’zida havo ochiq kunlari Bolid kunduzi ham ko’rinishi mumkin.