BOLKIAX MUIZZADDIN VADDAULAX MUDA HASSANAL

BOLKIAX MUIZZADDIN VADDAULAX MUDA HASSANAL (1946.15.7, Bruney shahri, hozirgi Bandarseribegavan) — Bruney sultoni. Sulton MUda Omar Ali Sayfuddin o’g’li. Kualalumpur (Malayziya)dagi «Viktoriya» institutini va Buyuk Britaniyadagi Qirollik harbiy akademiyasini tugatgan. 1964 yildan valiahd, 1967 yil 5 oktabrdan Sulton. Ayni vaqtda 1984-86 yillarda bosh vazir, moliya va ichki ishlar vaziri, 1986 yildan bosh vazir, moliya va mudofaa vaziri.