BOS (BOSE) JAGDISH CHANDRA
BOS (BOSE) JAGDISH CHANDRA (1858.30.11, Bengaliya — 1937.23.11, Giridix, Bengaliya) — hind fiziologi va biofizigi. Kalkutta prezident kolleji professor. Hozir uning nomi bilan ataladigan Kalkutta ilmiy tadqiqot instituti (1917) asoschisi va direktori. P. N. Lebedev bilan bir vaqtda millimetr va santimetr diapazonli elektromagnit to’lqinli generator konstruktsiyasini ishlab chiqqan; generator yordamida elektromagnit to’lqinlari xususiyatlari va ularning o’simliklarga ta’sirini o’rgangan. Bu tadqiqotlar yorug’likning elektromagnitlik xususiyatini tasdiklash uchun asos bo’lgan.