BOSIM BILAN ISHLOV BERISH

BOSIM BILAN ISHLOV BERISH — mashinasozlik texnologiyasida detallarga mexanik ishlov berish usuli. Bunda material (xom ashyo) bosim ostida qisiladi yoki cho’ziladi. Presslash, bolg’alash va cho’zish mashinalari yordamida bajariladi. Bunday ishlov berishda tayyor yoki xomaki (chala) detal hosil bo’ladi. Mashinasozlik zavodlarida qo’llaniladi.