BOSISH QURILMASI

BOSISH QURILMASI 1) hisoblash texnikasida — axborotlarni o’rama qog’oz (rulon), lenta yoki varaqqa raqamlar yoki harflar — raqamlar bilan avtomatik tarzda bosadigan elektrmexanik qurilma. Bunday qurilmalar jumlasiga alfavit raqamli Bosish Qurilmasi, elektr yozuv mashinkasi, telegraf apparati kiradi; 2) matbaada — bosma qolipdan matn, rasm va boshqalarning bir xil nusxasini olish (kitob, gazeta va jurnallar adadi, ya’ni tirajini bosish) uchun mo’ljallangan matbaa mashinasi.