BOSMA PLATA
BOSMA PLATA — bosma montaj usulida tok o’tkazgichlari va kontakt «tugmachalari» o’rnatilgan hamda metallangan (o’tish) va metallsiz (mahqamlash) teshiklari qilingan plastinka. U getinaks, tekstolit va boshqa materialdan yasaladi. Plataga o’rnatiladigan rezistorlar, diodlar, kondensatorlar va hokazolar biror usulda (masalan, fotokimyoviy usulda) yupqa va ensiz elektr o’tkazuvchi lentalar yordamida bir-biriga ulanadi. Bosma plata radioelektron qurilmalarda qo’llaniladi.