BOSH MIYA NERVLARI
BOSH MIYA NERVLARI — bosh miya asosi (pastki yuzasi)dan oldinmakeyin boshlanuvchi 12 juft nerv. Ular bosh miyani tashqi muhit va ichki a’zolar bilan bog’lab turadi. I. Hid biluv nervi — burun bo’shlig’ining tepa qismiga tarqalib, hidlarni qabul qiladi; II. Ko’ruv nervlari — ko’z soqqasining nurlarni qabul qiluvchi to’r pardasiga tarqalgan. Ko’zni harakatlantiruvch i (III), g’altak (IV) va uzoqlashtiruvchi (VI) nervlar ko’z soqqasining yordamchi muskullariga boradi. V. Uch shoxli nerv yuz, ko’z, burun va og’iz bo’shliqlariga tarqaladi. VII.Yuz nervi — yuzdagi mimika (imoishora), jag’ osti muskullari, burun bo’shlig’i, tanglay va til shilliq pardasini ta’minlaydi. VIII. Vestibulyar eshituv nervi ichki quloqda tarmoqlanadi. IX. Til halqum (yutqin) nervi — til va halqumda tarmoqlanadi. X. Adashgan (sayyor) nerv — yurakka, nafas va qorin bo’shlig’i a’zolariga tarqaladi. XI. Qo’shimcha nerv— yelka va bo’yin muskullariga boradi. XII. Til osti nervi — til va til osti muskullariga tarqaladi. Bosh miya nervlari sezuvchi, harakatlantiruvchi va aralash bo’ladi. I, II, VIII nervlar sezuvchi, IV, VI, VII, XI, XII nervlar harakatlantiruvchi va III, V, IX, X nervlar aralash nervlardir.