BOFORT SHKALASI

BOFORT SHKALASI — shamol kuchini baholash uchun mo’ljallangan 12 balli shkala (jadval); shamolning yerdagi buyumlarga ta’siri va dengizning to’lqinlanish darajasiga qarab aniqlanadi. Bofort shkalasiga ko’ra, 12 ball quyidagicha belgilanadi (ba’zi ballarga nisbatan): o ball — shtil (shamol esmayotgan payt, bunda tutun tikka kutariladi, dengiz suvining sathi ko’zgudaytinchturadi); 4 ball —mo’tadil shamol (shamol yoqimli esib turadi; bunda shamol chang va qog’oz parchalarini yerdan ko’tarib uchiradi, daraxtlarning ingichka shoxlari tebranadi, dengiz suvida uzun-uzun to’lqinlar paydo bo’ladi); 6 ball — kuchli shamol (bunda daraxtlarning yo’g’on shoxlari tebranadi, telegraf simlari guvillaydi, dengiz suvida yirik to’lqinlar paydo bo’ladi); 10 ball — bo’ron (kuchli shtorm) — bunda inshootlarda buzilishlar ro’y beradi, daraxtlarning shoxlari yerga tekkunday bo’lib egilib tebranadi, dengiz suvida balandbaland to’lqinlar paydo bo’ladi, suv yuzi ko’pirib ketadi, to’lqinlarning uzun cho’qqilari pastga qarab egilibegilib tushadi; 12 ball — dovul (bunda ancha joydagi inshootlar buziladi, dengiz ustidagi havo ko’pik va suv tomchilari b-n to’lib ketadi, dengiz sirti ko’piradi, ko’rinish yomonlashib ketadi). Qolgan ballar shu ko’rsatilgan ballar o’rtasidagi holatlar va hodisalar (alomatlar)ni bildiradi. Ingliz harbiy gidrografi va xaritachisi F. Bofort (1774-1857) 1806 yil taklif qilgan.