BRATSK
BRATSK — Rossiya Federatsiyasi Irkutsk viloyatidagi shahar (1955 yildan). Bratsk suv omborining chap sohilidagi port. Temir yo’l stantsiyasi. Aholisi 259,6 ming kishi (1999). Shahar Bratsk GES qurilishi munosabati bilan bunyodga kelgan. O’rmon sanoati majmuasi, alyuminiy, energetika mashinasozligi, industriya instituti bor.