BO’Y UZUNLIGI

BO’Y UZUNLIGI — irqqa xos belgi. Bo’y uzunligi antropologiya, tibbiyot sohalarida va tikuvchilik sanoatida hisobga olinadi. Muhim morfologik belgi bo’lgani uchun boshqa ko’pgina belgilar ma’lum darajada u bilan aniqlanadi. Antropologiyada turli bo’y uzunligiga ega bo’lgan irklarni past, o’rta va baland bo’yli irqlar deb ataladi. Dunyo miqyosida erkaklarning o’rtacha bo’yi shartli ravishda 164,0 santimetrdan 166,9 santimetrgacha, ayollarning o’rtacha bo’yi esa 153,0 santimetrdan 155,9 santimetrgacha qabul qilingan. Antropologik tadqiqotlar o’zbek va tojiklarning o’rta bo’ylik ekanligini ko’rsatadi.