BREGG

BREGG (Bragg) — ota-bola ingliz fiziklari; rentgenstrukturaviy tahlil asoschilari. Qator kristallarning atom tuzilishlarini rentgen nurlari difraktsiyalari yordamida birinchi bo’lib tushuntirib berishgan (1913). Nobel mukofoti laureatlari (1915): 1) Uilyam Genri (18621942), London Qirollik jamiyati a’zosi (1806) va prezidenti (1935-40); 2) Uilyam Lorens (1890— 1971), Kavendish laboratoriya (1938-53) va Kembrijdagi Qirollik instituti (1954— 60) direktori. Bregg — Vulf shartini tadqiq qilgan.