Besh yuz million yil burun baliqlardan asar ham yo’q edi. Toshko’mir qatlamlari isbot etishicha, ilk bor baliqlar bundan taxminan 460 000 000 yil burun boshlangan ordovik davrida paydo bo’lgan. Ammo baliqlar ilk bor chuchuk suvdami yoki sho’r suvda paydo bo’lgan — hozirgacha aniqlangan emas. Navbatdagi siluriy davrida hayvonlarning mazkur sinfiga kiradigan eng ibtidoiy — jag’siz baliqlar yashagan. Ularning og’zi shunchaki teshik bo’lib, baliqlar balchiqlarda pisinib yotadigan mitti jonivorlar bilan kun kechirgan. Siluriydan keyingi devon davrida baliqlar butun yer yuziga tarqalgan. Ular ayni davrda eng ko’p tarqalgan jonivorlardan edi, shu bois bu davrni ba’zan «baliq asri» deyishadi. Bu davrda ham jag’siz, ham jag’li baliqlar bor edi. Biroq jag’li baliqlar jag’siz baliqlarni siqa boshlagan, natijada ular qirg’inga uchragan. Jag’baliqlarning turli ovqatlar yeyishiga yordam berardi va ovqati ham xilma-xil edi va u organizm rivojiga samarali ta’sir ko’rsatdi. Ilk jag’li baliqlar plakoderma deb atalardi. Jag’li baliqlarning jag’i oyqulog’i yoyidan o’sardi. Oyquloq yoyi oyquloqni tutib turadigan suyak to’qimasidir. Qadim zamonlarda plakodermalar juda serob bo’lgan. Ayrimlari suvning o’rtasida, ikkinchi birlari esa chuqurlikda yashagan. Ba’zi baliqlarning tishi tig’day juda o’tkir bo’lgan. Ayrim turlarining bo’yi 10 metrga etgan. Devon davri plakodermalari hozirgi baliqlar, akulalar va umurtqalilarning ajdodidir. Akulaning skeleti kemirchakdan, baliqniki esa suyakdan tuzilgan.
                         
                     
                    Chang’aroq nimani anglatishini bilasizmi
                         
                     
                    Chanoq nimani anglatishini bilasizmi
                         
                     
                    Changlanish, o’simliklarda nimani anglatishini bilasizmi
                         
                     
                    Changlamoq nimani anglatishini bilasizmi
                         
                     
                    Changlagich nimani anglatishini bilasizmi
                         
                     
                    Changitkich nimani anglatishini bilasizmi
                         
                     
                    Changitish nimani anglatishini bilasizmi
                         
                     
                    Chan nimani anglatishini bilasizmi
                         
                     
                    Chamalamoq nimani anglatishini bilasizmi
                         
                     
                    
