BRYUSSEL KARAMI

BRYUSSEL KARAMI (Brassica oleracea var. Gemmifera) — krestguldoshlar oilasiga mansub ikki yillik sabzavot ekini. G’arbiy Yevropada, ayniqsa Buyuk Britaniyada ko’p ekiladi. Poyasi tik o’sadi, yuqori qismida bandli sillis barglar chiqaradi, barg qo’ltig’ida (diametri 2-2,5 santimetrli 90 tagacha) mevaboshchalar hosil qiladi. Keyingi yili uchki kurtaklari va yon novdalaridan gul novdalar chiqaradi hamda urug’li qo’zoq meva tugadi. Bryussel karami bosh karamdan farqli namlikni, hosildor yerni kam talab qiladi, sovuqqa, kasalliklarga ancha chidamli bo’ladi. Tarkibida yengil hazm bo’ladigan moddalar, 2-5% qand, 5,5—7% oqsil, 70-290 mg vitamin S bor.

BRYUSSEL KARAMI — Bryussel karamining boshchalari azotli moddalarga boy bo’lib, ovqatga solinganda xushta’m maza beradi. Ho’lligicha, qaynatib, qovurib iste’mol etiladi, konservalar tayyorlanadi.