BSISU MUIN

BSISU MUIN (1928, G’azza 1984, London) — falastinlik Arab shoiri, dramaturg, publеisist, jamoat arbobi. Ijodi, asosan, milliy ozodlik kurashi, xalqlar do’stligi va tinchlik mavzulariga bag’ishlangan. 11 she’rlar to’plami, 6 pyesa va 2 publitsistik asar muallifi. «Maktublar» (1952), «Vatan — qalbda» (1970), «Tashrif qog’ozi» (1974), «Falastin daftari» (1978), «Deraza oynasiga yozilgan she’rlar» (1980), «Qalbdagi Falastin bilan» (1983) kabi to’plamlari bor. Toshkent va Samarqand haqida she’rlar yozgan, «Tashrif qog’ozi» she’rlar to’plami o’zbek tilida nashr etilgan (1984). Xalqaro Nilufar mukofoti laureati (1980).