BUJUMBURA

BUJUMBURA — Burundi poytaxti. Tanganika ko’lining shimol sohilidagi port. Aholisi 236 ming kishi (1990). Mamlakatning eng yirik shaxri, savdotransport va iqtisodiy markazi. Tsement, pivo, paxta tozalash zavodlari, bir qancha to’qimachilik fabrikalari, GES bor. Baliq ovlash va uni qayta ishlash sanoati rivojlangan. Hunarmandchilikda sopol buyumlari ishlab chiqariladi. Mamlakatning deyarli hamma tashqi savdosi Bujumbura orqali olib boriladi. Chetga kofe, paxta, teri xom ashyosi, metal kontsentratlari va boshqalar chiqariladi. Muhim transport yo’llari tuguni. Shahar chekkasida xalqaro aeroport bor. Bujumburada maxsus o’quv yurtlari, universitet (1960 yildan) mavjud. Shaharga 1897 yilda asos solingan. 1922 yildan Belgiyaning mandati ostidagi, 1946-62 yillarda esa Belgiyaning vasiyligidagi hududning ma’muriy markazi bo’lgan. 1962 yildan mustaqil Burundi davlatining poytaxti.