BULGAKOV MIXAIL AFANASEVICH

BULGAKOV MIXAIL AFANASEVICH 11891.3(15). 5, Kiyev 1940.10.3, Moskva] — rus yozuvchisi. Kiyev universitetining tibbiyot fakultetini tamomlagan (1916). Ilk to’plami «Iblisnoma»da (1925) jamlangan hajviyoti o’sha davr matbuotida kata shovshuvga sabab bo’ladi. «Oq gvardiya» (1925— 27) tugallanmagan romani mavzui asosida «Turbinlar kuni» pyesasini yozadi (1926 yilda sahnalashtirilgan). Bu asarlarida «Qochish» (1926-28; 1957 yilda sahnalashtirilgan) pyesasidagi kabi eski rus ziyolilari kayfiyatidagi keskin o’zgarish. «oqlar» harakati g’oyasi, muhojirlik yo’lining samarasizligi aks etgan. «Zoykaning uyi» (1926 yilda sahnalashtirilgan), «Baxmal Orol» (1928 yilda sahnalashtirilgan) komediyalarida Bulgakov yangi iqtisodiy siyosat tarafdorlarining turmush va axloqini mazax qiladi, biqiq teatr muhitidagi urf-odatlar ustidan kuladi. 20-yillar oxirida rus adabiy tanqidi Bulgakov ijodini salbiy baholaydi, uning asarlari nashr etilmaydi, pyesalari teatr sahnalaridan olib tashlanadi. 30-yil boshlaridan Bulgakov teatrda rejissyor yordamchisi bo’lib ishlaydi, Gogolning «O’lik jonlar» (1932) asarini sahnalashtiradi. «Janob de Moler hayoti» biografik povestida (1932-33 yillarda yozilib, 1962 yilda nashr etilgan) Bulgakov haqiqiy san’at bilan mustabid tuzum bir-biriga zidligini tasvirlaydi. 30-yillardan umrining oxirigacha Bulgakov «Usta va Margarita» romani ustida ishlaydi (1966— 67 yillarda nashr etilgan). «Ityurak» asari (1987) asosida kinofilm yaratilgan. «Usta va Margarita» qodir Mirmuhamedov tomonidan o’zbek tiliga tarjima qilingan (1987).