BULDURUQ

BULDURUQ — atmosfera yog’inlarining bir xili. Ayozli sovuq kunlarda yoki tuman paytlarida nam havo zarralarining muzlashi natijasida hosil bo’ladi. Bulduruq yumshoq muz kristali yoki donachalari shaklida yog’adi. Izg’irin paytlarida daraxt shoxlari va simlarda ham paydo bo’ladi.