BULOQI

BULOQI, aravak — bezak buyumi, burunga taqiladigan bejirim zirak. Ba’zan Buloqiga qimmatbaho toshlardan ko’z ham o’rnatiladi. Farg’ona vodiysida aravak (yoki «arabak»), ba’zi viloyatlarda «latifa» deb ataladi. O’rta asrlarda Sharq (Arabiston, Hindiston) mamlakatlaridan Markaziy Osiyoga keltirilgan va bu asrlarda ayollar orasida Buloqi taqish rasm bo’lgan. Buloqi taqish uchun 3*5 yoshdagi qiz boldlarning burni (shu vaqtda qulog’i teshilgan. Teshgan joyga kichkina cho’p tiqilib 1-unga zirak kiygizilgan. Kelin yoshiga yetib turmushga chiqqanidan so’ng Buloqi taqilgan. Hozir Buloqi taqish urfdan qolgan.