BULUTLILIK

BULUTLILIK — osmon gumbazining bulut bilan qoplanganlik darajasi. Bulutlilik 10 balli shkala bo’yicha ko’z bilan chamalab aniqlanadi, bulut miqdori 10 balli tizim bo’yicha, bulut shakli esa bulut xalqaro tasnifi bo’yicha belgilanadi, agar osmon gumbazida hech bulut bo’lmasa, nol ball, agar osmon bulut bilan butunlay qoplangan bo’lsa, 10 ball beriladi. Osmon gumbazidagi bulut ulushini taxminan foizga aylantirib boshqa ballar beriladi. Bulutlilik ob havo va iqlimni belgilaydigan muhim omil hisoblanadi. Qish kunlari va tunda u yer sirtidagi va yer sirti yaqinidagi havo qatlami temperaturasining pasayishiga to’sqinlik qiladi, chunki yerdan nur ketyshi kamayadi. Yozda va kunduz kunlari Bulutlilik Yer sirtida quyosh nurlari qizdirishini kamaytirib, qit’aning ichki iqlimini yumshoqlashtiradi. Qishloq xo’jaligida jinzorlar radiatsiya balansining muhim omili. O’rta Osiyo hududida yoz va kuzda havoiing kam bulutli va ochiq bo’lishi dehqonchilik uchun juda qulay. Havo ochiq kunlar umumiy Bulutlilik bo’yicha 60-90% ni, past Bulutlilik bo’yicha 80-98% ni tashkil qiladi.