BUNOSTOMOZ

BUNOSTOMOZ — kovsh qaytaruvchi hayvonlarda uchraydigan gelmintoz kasallik. Kasallikni mollarning ingichka ichagida parazitlik qiladigan Bunostomum trigonocephalum (qo’y va echkilarda) va V. phlebitomum (qoramollarda) nematodalari quzg’atadi. Ingichka ichakda yashaydigan urg’ochi nematodalar tuxumlari najas bilan tashqariga chiqadi va qulay sharoitlarda tuxumdan chiqqan lichinkalar 3-7 sutkada invazion bosqichga yetadi. Lichinkalar aksariyat hollarda teri orqali, shuningdek ozuqa va suv bilan hayvon organizmiga kirganda kasallik yuqadi. Kasallangan mol oriqlaydi, quvvatdan ketadi, o’smaydi, kamqon bo’lib qoladi, ichi ketadi, buzoklarda yalanish kuzatiladi. Lavroskopiya o’tkazib tashhis qo’yiladi. Davolash: fenotiazin, nilverm, morantel tantrat, tivedin beriladi. Oldini olish: hayvonlarning terisini va binolarni toza tutish.